VOYAGA YETMAGANLAR OʻRTASIDA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISHDA UMUMTA’LIM MAKTABLARINING O’RNI

Authors

  • Pirnazarova Charos Xudoynazar qizi Author
  • Achilova Nigora Xasanovna Author

Keywords:

huquqbuzarlik, g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar, deviant xulqatvor, yakka tartibdagi profilaktika, maxsus profilaktika, nazoratsiz bola, bola reabilitatsiyasi, ijtimoiy pedagog.

Abstract

Jamiyat hayotining turli sohalarida inson omili ustun hisoblanadi, ayniqsa, unda voyaga yetmaganlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularning ilmiy, ijodiy, intellektual salohiyatini yuksaltirishga asosiy vazifalardan biri sifatida qaraladi. Shu bilan birgalikda, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sonining ortishi, o‘smirlar o‘rtasida deviant xulqning ommalashuvi kabi holatlar huquqbuzarlik profilaktikasi masalasida jamiyatning barcha institutlari tizim sifatida o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishini taqozo etmoqda. Ushbu tizimning o‘ziga xos subyekti sifatida umumta‘lim maktablari jamiyatdagi asosiy ta‘lim-tarbiya manbai bo‘lib qolmay, huquqbuzarlik profilaktikasi vositasi ham sanaladi.  Maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi  profilaktikasi borasida umumta‘lim maktablarining o‘rni va ahamiyati o‘rganib tahlil qilinadi.

Author Biographies

  • Pirnazarova Charos Xudoynazar qizi

    Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani MMTBga qarashli 5-umumiy oʻrta taʼlim maktab amaliyotchi psixologi

  • Achilova Nigora Xasanovna

    Samarqand viloyati Nurobod tumani MMTBga qarashli 25-umumiy oʻrta taʼlim maktab amaliyotchi psixologi

     

Modern education and development

Published

2024-06-08