KALAMUSHLARDA EKSPERIMENTAL ALKOGOLIZM MODELINI HOSIL QILISH VA ULARNING FIZIOLOGIK HOLATI TAHLILI
Keywords:
alkogolizm, eksperimental model, alkogolizm, oqsil, glukoza, treglidserid, xolesterolAbstract
Alkogolizm dunyo bo’yicha insoniyatga katta xavf tug’diruvchi illatlardan biri bo’lib, pankreatit, qand kasalligi, stenokardiya va miokard infarkti kasalliklariga ham sabab boʻladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra alkogolizm 2022-yilda 12 va undan katta yoshdagi insonlarning 98 457 nafari jigar kasalligi bilan kasallangan bemorlar o'limining 46%i spirtli ichimliklar bilan bog'liq. Erkaklar orasida 60 412 nafar jigar kasalligi bilan kasallangan bemorlar o'limiga sabab bo'lgan, ularning 48,6%i spirtli ichimliklar bilan bog'liq[1]. Ayollar orasida 38 063 nafar jigar kasalligi bilan kasallangan bemorlar o'limiga sabab bo'lgan, ularning 41,8%i spirtli ichimliklar bilan bog'liq. Shulardan kelib chiqqan holda alkogolizm modelini ishlab chiqish va uning turli oqibatlarini biologik faol moddalar bilan korreksiya qilish fiziologiya sohasida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi[2,3,4]. Shu sabablardan ham alkogolizmni kalamushlarda eksperimental modellarini ishlab chiqish va uni o’rganish fiziologiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi[5].