AVTOMOBIL KUZOVI UCHUN AERODINAMIK ELEMENTLAR
Keywords:
Aerodinamika, aerodinamik qarshilik, spoiler, splitter, yuza sifati, havo oqimi, trubulentlik.Abstract
Avtomobil kuzovlariga qo‘shimcha elementlarni o‘rnatish bir qarashda tashqi ko‘rinishni yaxshilash uchun qilingan tuyuladi. Ayrim hollarda huddi shu maqsadda ham o‘rnatiladi lekin, ular avtomobil aerodinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Hozirda texnologiyalarning ravnaq topishi hisoblash ishlarini bir muncha osonlashtirmoqda. Muhandislik dasturlari yordamida modellashtirish va sinov natijalarining aniqligi ortib bormoqda. Dastlab sport avtomobillari uchun aerodinamik ko‘rsatkichlar muhim bo‘lgan bo‘lsa hozirda umumiy foydalanishdagi avtomobillarning ham aerodinamikasiga qiziqish ortib bormoqda. Aerodinamik trubalar nafaqat havo transportlari balki yer usti transportlari uchun ham qo‘llaniladi. Aerodinamik ko‘rsatkichlar avtomobil harakat tezligi ortganda shovqin va ortiqcha yonilg‘i sarfiga ta’sir qiladi.