Kichik biznes raqobatbardoshligini oshirilishida axborot texnologiyalarining roli
Keywords:
Kichik korxonalar, Axborot texnologiyalari(IT), Raqobatbardoshlik, Iqtisodiy.Abstract
Mamlakatlarning iqtisodiyoti va sanoati rivojlanishida kichik korxonalar muhim rol o'ynaydi. Dunyodagi barcha faoliyatlarning qariyb 90% kichik va o'rta korxonalar hissasiga to'g'ri keladi. Empirik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, xalqaro miqyosda kichik biznes ish o'rinlari yaratish manbai bo'lib, kichik biznesning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan Indoneziyada bandlikka qo'shgan hissasi ishsizlikni bartaraf etilishida muhim rol o'ynaydi. Global iqtisodiyotning hozirgi davridagi muammolar tufayli kichik korxonalar raqobatbardoshligini oshirish uchun o'zgarishlar qilishlari kerak. Kichik raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillardan biri bu axborot texnologiyalaridir(IT). Shu sababli, ushbu tadqiqotning maqsadi katta hajmdagi ma'lumotlarni almashish tezligi, aniqligi va samaradorligi orqali biznesni transformatsiyasini yaxshilashga yordam beradigan axborot texnologiyalaridan foydalanishdir. Yevropa amaliy tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, unumdorlikning 50% dan ortig'i axborot texnologiyalariga sarmoya kiritish orqali erishiladi. Kichik korxonalar o'z biznes faoliyatini ishonchli, muvozanatli va sifatli amalga oshira olsalar, global miqyosda raqobatbardosh hisoblanadilar.