DAVLAT TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDITNI OPTIMALLASHTIRISH MASALALARI
Abstract
Shaffoflik va byudjet mablag’laridan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash tamoyili xar qanday mamlakat iqtisodiyotida davlat sektorining samarali faoliyatining muhim jihati hisoblanadi. Ushbu tamoyilni ta’minlash uchun davlat tashkilotlari faoliyati ustidan samarali moliyaviy nazoratni va davlat auditini amalga oshirish juda muhim sanaladi. Moliyaviy nazorat va auditorlik organlari faoliyati samaradorligini ta’minlashda davlat tashkilotlari faoliyati ustidan samarali ichki moliyaviy nazorat tizimini o’rnatish muhim o‘rin tutadi. Ushbu masalaning dolzarbligi Moliyaviy nazoratning oliy organlari xalqaro tashkilotining (INTOSAI) davlat xarajatlarini maqsadga muvofiqligi, qonuniyligi, tejamkorligi, samaradorligi va natijaviyligini nazorat qilish orqali davlat moliyaviy boshqaruvining barqarorligini oshirishga qaratilgan talablariga rioya qilish zarurati bilan belgilanadi.