NUTQ MADANIYATI TARIXI RIVOJLANISH
Keywords:
nutq madaniyati, etika, estiteka, sharq nutq madaniyatida o`rta osiyo olimlarining qo`shgan xissasi.Abstract
Nutq madaniyati avvalo,to`g`ri,adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda so`zlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, so'z shakllaridan foydalanishda, jumlalarni tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni kuzatib borishimiz kerak.
Nutq madaniyati til ilmining nisbatan yosh sohasidir. Ushbu fanning mustaqil bo'limi sifatida, u mamlakatimizda yuz bergan tub ijtimoiy o'zgarishlar ta'siri ostida shakllandi. Faol ijtimoiy faoliyatga keng odamlarni jalb qilish ularning nutq madaniyatini oshirishga e'tiborni kuchaytirishni talab qildi". Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi.