GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI NATIJASIDA YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN GEOEKOLOGIK JARAYONLAR
Keywords:
Global iqlim o‘zgarishi, geoekologik muammolar, Orol dengizi, global isish, biosferadagi tirik organizmlar, ilm-fan, inson omillari, tabiiy sharoit.Abstract
Global iqlim oʻzgarishi hozirgi kunda butun dunyoda keng oʻrganilib kelinmoqda. Darhaqiqat hozirgi kunda Yer yuzida global iqlim oʻzgarishi kuzatilmoqda. Iqlim oʻzgarishi butun yer sayyorasi boʻylab davom etmoqda. Haroratning oʻzgarishi natijasida zararkunanda va hashoratlarning yangi turlari paydo boʻlishi bu juda katta muammo. Ayni shu sababli tadqiqotlarda koʻtariladigan Iqlim oʻzgarishining sabablari, boshqa muammolar qatorida tabiatda insoniyatning mavjudligi davomida tabiat va uning unsurlariga aralashganligi bilan bogʻliq. Atrof-muhitga chiqindilar chiqarishi, zavod-fabrikalar qurushi, oʻrmonlarni kesish, yerni shudgorlash, yerni yaxshilash va boshqalar taʼsirida oʻzgarishlarga olib keladi hamda shunga oid mulohazalar kishi diqqatini jalb qilishi mumkin va ilmiy yangiliklarniboshiradi. Ushbu maqolaning muhim qismida Yer tizimlaridagi turli jarayonlar, ular bir-biriga qanday ta’sir qiladi va global iqlimga qanday ta’sir qiladi. Masalan, Yerning harorati va iqlimi asosan atmosfera gazlari tarkibiga, okeanlar sirkulyatsiyasiga va jinslar, muzliklar va o‘simliklarning quruqlik xususiyatlariga qarab o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.