VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIGINING PROFILAKTIKASIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARINING O’RNI
Keywords:
huquqbuzarlik, g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar, deviant xulqatvor, yakka tartibdagi profilaktika, maxsus profilaktika, nazoratsiz bola, bola reabilitatsiyasi, ijtimoiy pedagog.Abstract
Jamiyat hayotining turli sohalarida inson omili ustun hisoblanadi, ayniqsa, undavoyaga yetmaganlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularning ilmiy, ijodiy,intellektual salohiyatini yuksaltirishga asosiy vazifalardan biri sifatida qaraladi. Shu bilan birgalikda, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sonining ortishi, o‘smirlar o‘rtasida deviant xulqning ommalashuvi kabi holatlar huquqbuzarlik profilaktikasi masalasida jamiyatning barcha institutlari tizim sifatida o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishini taqozo etmoqda. Ushbu tizimning o‘ziga xos subyekti sifatida umumta‘lim maktablari jamiyatdagi asosiy ta‘lim-tarbiya manbai bo‘lib qolmay, huquqbuzarlik profilaktikasi vositasi ham sanaladi. Maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi borasida umumta‘lim maktablarining o‘rni va ahamiyati o‘rganib tahlil qilinadi.