BADIIY GIMNASTIKA

Authors

  • Axmatova Fotima Alijon qizi Author
  • Xudoyshukurova Sevinch Author

Keywords:

Gimnastika, chidamlilik, moslashuvchanlik, egiluvchanlik.

Abstract

Badiiy gimnastika - bu sport turi bo'lib, unda gimnastikachilar polda asboblar: halqa, to'p, tayoq, lenta bilan mashq qiladilar . Sport gimnastika , raqs va gimnastika elementlarini birlashgan holda namoyon bo’ladi. Bu tur bilan shug’ullanuvchi gimnastikachilarda kuchlilik, moslashuvchanlik, chaqqonlik va epchillik muvofiqlashtirilgan bo'lishi kerak. Badiiy gimnastika Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) tomonidan boshqariladi. Birinchi marta 1963 yilda sport turi sifatida tan olingan. Bu tur 1984 yilda individual koʻpkurash bilan olimpiya sport turiga kiritilgan. Guruh ko‘pkurash musobaqasi esa 1996 yilga kelib Olimpiadaga qo‘shilgan. Xalqaro miqyosda badiiy gimnastika faqat ayollar sporti hisoblanadi. Bu sport turi Olimpiya o'yinlaridan tashqari, eng nufuzli musobaqalar, Jahon chempionatlari, Jahon o'yinlari, Yevropa chempionatlari, Yevropa o'yinlari, Jahon kubogi seriyasi va Gran-pri seriyasiga ham kiritilgan. Gimnastikachilarning mahorati va mahoratining qiyinligi bo‘yicha baholanadi, buning uchun ular ball oladi. Ular asboblarnini boshqarish bilan birga sakrashlar, muvozanatlar va aylanishlarni amalga oshiradilar.

Modern education and development

Published

2024-05-28