KOMPOZIT POLIMERLARNI QO’LLASH ORQALI AVTOMOBILLAR KONSTRUKTSIYASINI YENGILLATISH
Keywords:
avtomobil, avtomobilsozlik, polimer, kompozit, mustahkam, yengil, zaharli gazlar, yoqilg'i tejamkorligi, ekologik xavfsiz.Abstract
Avtomobilni yoqilg'i sarfini va bu orqali zaharli gazlar miqdorini kamaytirishning asosiy usullaridan biri bu avtomobillarning og'irligini kamaytirishdir. Avtomobillarni vaznini yengillashtirishda polimer va kompozit materiallar qo’llanilmoqda. Polimer va kompozit materiallar po’latga qaraganda mustahkam, yengil va avtomobillarning ekologik xavfini kamaytiruvchi material hisoblanadi. Avtomobilsozlik sanoatida polimer va kompozit materiallarning qo’llanilishi avtomobillarni vaznini kamaytirib yonilg’i tejamkotligini oshiradi, shu bilan birga mustahkam, korroziya, yeyilish, harorat va boshqa atrof muhitning salbiy ta’sirlariga chidamli va avtomobilning atrof muhitga salbiy ta’sirlarini ya’ni shovqin va tebranishlarni so’ndirib, kam chiqindi chiqarish xususiyatlariga ega material hisoblanadi.