OʻZBEK DIALEKTOLOGIYASIDA SHEVALARNING TASNIFLANISHIGA DOIR TADQIQOTLAR XUSUSIDA

Authors

  • Mirzayeva Gulbahorxon Akramjonovna Author
  • Qobilova Orzigulxon Mamadaliyevna Author

Keywords:

Millat, milliy til, til tabiati, adabiy til va sheva, lahja, dialekt, shevalar tasnifi, fonetik belgi, morfemin belgi, klassifikator, shevashunos, turkolog, sheva materiali., Nation, national language, nature of language, literary language and dialect, in speech, dialect, classification of dialects, phonetic feature, morphemic feature, classifier, dialectologist, Turkologist, dialect materialogist, dialect material.

Abstract

Milliy til millat boyligi, uning milliy madaniyatini ifodalovchi vosita sanaladi. Til borliqni anglash, bilish va fikr almashish vazifasini bajaradi. Shuningdek, til bashariyat tomonidan asrlar davomida toʻplangan bilim va koʻnikmalarni saqlaydi, rivojlantiradi, kelajak avlodlarga asrab-avaylab yetkazadi. Adabiy til barqaror, ma’lum qoliplarga solingan, me’yorlashtirilgan, umume’tirof etiladigan hamda soʻz ustalari tomonidan sayqallashtirilgan til hisoblanadi. Dialekt esa ma’lum hududda amal qiladigan umumxalq tilining son jihatdan nisbatan kam boʻlgan, biroq hududiy, kasb-hunar va boshqa jihatdan umumiylikka ega boʻlgan kishilar tomonidan qoʻllanadigan koʻrinishidir. Shunday ekan haqiqiy etnik madaniyatni ifoda etishda tilning adabiylashgan koʻrinishiga nisbatan shevalar samaraliroq sanaladi. Shuning uchun ham xalq tilida yashashayotgan sheva va lahja materiallarini tadqiq qilish zarur. Tilshunoslik fanida shevaga xos soʻzlar tadqiqini buyuk tilshunos olim Mahmud Koshgʻariy boshlab bergan, deya juda koʻp e’tirof etiladi. Ushbu tadqiqotimizda koʻp yillik tarixga ega boʻlgan oʻzbek shevashunosligida qipchoq shevasining oʻrganilishi haqida fikr yiritamiz.

The national language is the wealth of the nation, a means of expressing its national culture. Language serves as a means of understanding, knowing and exchanging ideas. The language also preserves, develops and carefully passes on to future generations the knowledge and skills accumulated by humanity over the centuries. Literary language is stable, fixed in certain patterns, standardized, generally recognized and polished by masters of words. A dialect is a form of a national language used in a particular region, used by a relatively small number of people, but sharing common territorial, professional and other aspects. Therefore, dialects are considered a more effective means of expressing real ethnic culture compared to the literary form of the language. That is why it is necessary to study speech materials and dialects living in the national language. It is widely accepted that the study of dialect words in linguistic science was pioneered by the great linguist Mahmoud Koshgari. In this study, we will consider the study of the Kipchak dialect in Uzbek dialectology, which has a long history.

Author Biographies

  • Mirzayeva Gulbahorxon Akramjonovna

    1-son kasb-huinar maktabi ona tili o’qituvchilari

  • Qobilova Orzigulxon Mamadaliyevna

    1-son kasb-huinar maktabi ona tili o’qituvchilari

Modern education and development

Published

2024-06-10