YER TUZISH LOYIHALARI ASOSIDA DEGRADATSIYAGA UCHRAGAN YAYLOVLARDA DEHQON VA FERMER XO`JALIKLARI TASHKIL ETISH TASHKIL ETISHNING AFZALLIKLARI
Keywords:
Kalit so`zlar : Degradatsiya, Agroxizmatlar, Taraqqiyot strategiyasi, O‘zdaverloyiha institute.Abstract
Respublikamizda yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, yer tuzish,
yer monitoringi va yaylov yerlarida geobotanik tadqiqotlarni tashkil etish, ayniqsa
agrar sohada qishloq xo‘jaligi yaylov yerlaridan samarali foydalanish yuzasidan keng
qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. 2022-
2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida
«…yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni o‘zlashtirish, ilm-fan
va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish,
agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5
baravar oshirish» muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan. Mazkur
vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, yerdan foydalanuvchilar faoliyatiga ilmiy
asosda yondoshish orqali yaylov yerlarida hamda agrar soha barqarorligini va
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
References
Foydalanilgan adabiyotlar :
“Ko‘chmas mulk kadastri” o‘quv qo‘llanma A.R.Babajanov. Toshkent 2014
Alimov R.X., Berkinov B.B., Kravchenko A.N., Xodiev B.Yu. / O‘zR FA
Akademigi
G‘ulomov S.S. tahriri ostida. Ko‘chmas mulkni baholash. Toshkent: "Fan". - 231 b.
Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 18 avgustdagi 235-sonli qarori.
О‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati tо‘g‘risida Milliy hisobot.
Toshkent: Davlat kadastrlar palatasi, 2021.