BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA MASHG‘ULOTLAR AHAMIYATI
##semicolon##
Kalit so'zlar: nutq, til, og'zaki nutq, yozma nutq,lug'at, omonimlar,sinonimlar,ko'p ma'nolilik, ertaklar, she'rlar , mashg'ulotlar, tashqi va ichki nutq.Abstrak
Nutq - bu tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilinadigan,
tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda
uning ogʻzaki va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash
jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Nutq – bu insonnning eng oliy, murakkab,ruhiy
vazifalardan biri hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi ko’rinishiga ega. Ichki nutq
odamning o’z ichiga gapiradigan passiv nutqi sanaladi. Shuning uchun bu nutq o’z–
o’ziga qaratiladi, uni nazorat qilib bo’lmaydi. Ichki nutq og’zaki va yozma nutqning
asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish
mumkin bo’lgan faol nutq bo’lib, u og’zaki va yozma ko’rinishga ega. Til
hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi, shunday ekan bola go'dakligidanoq undan
bir dona so'z aytishini kutish, uni gapirishga o'rgatish so'ngra uni maroq bilan tinglash
barcha insonlar uchun xosdir. Odatda bolalarning faol nutqi 2 - 2, 5 yoshlarda chiqa
boshlaydi. Bu davrda bolaning kattalar bilan amaliy hamkorligiga oid vaziyatlarda faol
nutqdan foydalanish nutq shakllanishiga olib keladi.[1.B342]
##submission.citations##
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Nutq.
https://hozir.org/d-r-babayeva.html?page=4
"BOLALAR NUTQINI O'STIRISH" D. R. Babayeva "Barkamol fayz media"