SUT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDAGI SAMARADORLIK KO'RSATKICHLARINI TAHLIL QILISH VA ULARNI YAXSHILASH STRATEGIYALARI
Abstract
Bugungi kunda pishloq mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash
imkoniyatlarini kengaytirish zaruriy masalalardan biridir. Pishloq mahsulotlarini
ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalari, kichik va o‘rta darajadagi korxonalar
tomonidan sutni qayta ishlash korxonalaridan ajralib, alohida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Biroq, pishloq mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalar
mamlakatimizda juda kam uchraydi. Bu holat, asosan, sutni qayta ishlash
korxonalarining tarmoq tarkibida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq. Ushbu muammoni
bartaraf etish uchun pishloq mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha
mustaqil korxonalar tashkil etilishi zarur. Bu, korxonalar samaradorligini oshirish,
mehnat unumdorligini yaxshilash, fondlar qaytimi va infratuzilmani rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda pishloq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta
ishlash korxonalarida mavjud muammolar tahlil qilinmoqda. Tadqiqotlar Samarqand
viloyatidagi pishloq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarining
asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini, masalan, mehnat unumdorligini va fondlar
qaytimi holatini o‘rganishga qaratilgan. Korxonalardagi muammolarni aniqlab, ularni
bartaraf etish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, sohadagi samarasizliklarni
kamaytirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, pishloq mahsulotlarini yetishtirish
hajmini oshirish, alohida mustaqil korxonalar sifatida faoliyat ko‘rsatishga imkoniyat
yaratish va innovatsion yechimlar ishlab chiqish orqali muammolarni hal qilish
maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonlar, o‘z navbatida, pishloq mahsulotlarini ishlab
chiqarish va qayta ishlash sohasidagi samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Ayni
damda har bir korxonada asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari korxonaning
barqarorligini belgilovchi eng muhim omil sifatida baholanadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni,
-yil 28-yanvar.
Liu Y., Wang X. “Promoting Competitiveness of Green Brand of Agricultural
Products Based on Agricultural Industry Cluster,” Wireless Communications and
Mobile Computing, vol. 2022, Article ID 7824638, 2 page, 2022.
Lukiewska K., Juchniewicz M. Identification of the Relationships between
Competitive Potential and Competitive Position of the Food Industry in the
European Union. Sustainability 2021, 13, 4160. https://doi.org/10.3390
/su13084160.
Крутиков К., Якунина М. Региональный рынок мяса:
конкурентоспособность предприятий и продукции. -М.: Ноосфера, 2011. -
с. Монография.
Орзуев П. Реструктуризация как инструмент экономического роста
предприятий пищевой промышленности Республики Таджикистан
специальность 08.00.05 - Экономика и управление народным хозяйством:
Экономика, организация и управление предприятиями, отраслями,
комплексами (промышленность) диссертация на соискание ученой степени
кандидата экономических наук Душанбе-2011.
Салимов Б., Юсупов М. “Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларининг
рақобатбардошлиги ва экспорт салоҳиятини ошириш омиллари”,
“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 6,
ноябрь-декабрь, 2014 йил. -с. 4.
Бурханов А. “Саноат корхоналари молиявий барқарорлигини баҳолаш
усули”, “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон
журнали. № 6, ноябрь-декабрь, 2018 йил. -с.3-4.
Ш.Шодмонов, У.Ғафуров Иқтисодиёт назарияси (дарслик). - Т:. “Фан ва
технология” нашриёти, 2005, -251 б.
Ш.Қобилов Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. – Т.: Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2013. – 268 б.
Хакимов З. “Саноат кластерлари самарадорлигини таъминловчи омиллар
тизими”,“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative
Technologies) ilmiy elektron jurnali, 1/2022 январь-февраль №00057 219-220
стр.
The Future of Food Challenges & opportunities, 2022 Deloitte Belgium
ma’lumotlari.