O’ZBEK ZARDO’ZLIK SAN’ATINING RIVOJLANISH TARIXI (BUXORO VOHASI MISOLIDA)

Authors

  • G‘iyosova Zarina Yusuf qizi Author

Abstract

 Ushbu  maqolada  yurtimizda  qadimdan  shakllanib  kelgan  hunarmandchilik 
turlaridan  biri  bo‘lgan  zardo‘zlik  san‘ati  haqida  Buxoro  vohasi  misolida  keng 
ma’lumot  berilgan.  Buxoro  vohasi  aholisini  qadimdan  ushbu  hunarmandchilik  turi 
bilan  shugullanib,  bu  hunarni  saroy  san’ati  darajasiga  olib  chiqdilar.  Saroy  ahli  va 
hukmdorgina zardo‘zi kiyimlar kiyib yurishganligi haqida keng ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so‘zlar : kashta, zardo‘z, zardo‘zi ash’yolar, to‘n, kamzul, chakmon, chalvor, 
poyafzal, belbog’, mahsi, texnika. 
          O‘zbek  xalq  amaliy  bezak  san’ati  turlaridan  biri  zardo‘zlik  san’atidir. 
Zardo‘zlik-  zar  ip  bilan  kashta  tikish  kasbi  bo‘lib,  bu  ish  bilan  shug‘ullanuvchilar 
“Zardo‘z”  deb  yuritiladi.  Zardo‘zlik  fors  tilidan  olingan  bo‘lib,  zar-  tilla  va  do‘zi- 
tikmoq  ma’nosini  anglatadi.  Mazmuni  jihatidan  xalqchil  bo‘lgan  va  qimmatbaho 
matodan  tayyorlanadigan  zardo‘zi  kiyimlar  mahalliy  aholining  turli  tabaqalari 
o‘rtasida  keng  tarqalgan  ipak  ip  bilan  kashta  tikishga  qaraganda  nozik  didni  talab 
qilgan.  Bu  kiyim-kechaklar  asosan  amir  saroyidagilarning  ehtiyoji  uchun  tikilgan, 
ba’zangina shahardagi boy a’yonlar uchun tayyorlaganlar[1].   
Ota-bobosidan  meros  bo‘lgan  kashtachilik  kasbi  bilan  shug’ullangan  yuzlab 
qo‘li  gul  ustalar  Buxoro  amirining  hashamatli  saroyidagi  qimmatbaho  zardo‘zi 
kiyimlarni  tayyorlash  bilan  band  edilar.  Buxoro  zardo‘zi  ash’yolarining  deyarli 
hammasi amir saroyining ehtiyoji uchun ishlatilardi, faqat juda oz miqdorigina sotish 
uchun bozorga chiqarilardi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Agzamova G.A. So’nggi o’rta asrlar O’rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va

savdo. – T.: O’zbekiston,2000. -B.17.

Almardonova B., Muhiddinov M. O’zbekiston zargarlik san’ati// Moziydan sado. -

-№4. -B.46-48.

. Almeeva D.E. Buxoro zargarlik san’ati // Buxoro madaniy me’rosi tarixidan. –

Buxoro. -1995.-№ 3. -B.75-76.

Ashirov A. O’zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari, -T.: “A.Navoiy”,

-B.180.

Goncharova P.A. Buxoro zardo’zlik san’ati. -T.: Toshkent,1986.

Published

2024-10-04

How to Cite

G‘iyosova Zarina Yusuf qizi. (2024). O’ZBEK ZARDO’ZLIK SAN’ATINING RIVOJLANISH TARIXI (BUXORO VOHASI MISOLIDA) . TADQIQOTLAR, 47(1), 156-158. https://ilmiyxabarlar.uz/tad/article/view/1813