O’ZBEK ZARDO’ZLIK SAN’ATINING RIVOJLANISH TARIXI (BUXORO VOHASI MISOLIDA)
##article.abstract##
Ushbu maqolada yurtimizda qadimdan shakllanib kelgan hunarmandchilik
turlaridan biri bo‘lgan zardo‘zlik san‘ati haqida Buxoro vohasi misolida keng
ma’lumot berilgan. Buxoro vohasi aholisini qadimdan ushbu hunarmandchilik turi
bilan shugullanib, bu hunarni saroy san’ati darajasiga olib chiqdilar. Saroy ahli va
hukmdorgina zardo‘zi kiyimlar kiyib yurishganligi haqida keng ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar : kashta, zardo‘z, zardo‘zi ash’yolar, to‘n, kamzul, chakmon, chalvor,
poyafzal, belbog’, mahsi, texnika.
O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati turlaridan biri zardo‘zlik san’atidir.
Zardo‘zlik- zar ip bilan kashta tikish kasbi bo‘lib, bu ish bilan shug‘ullanuvchilar
“Zardo‘z” deb yuritiladi. Zardo‘zlik fors tilidan olingan bo‘lib, zar- tilla va do‘zi-
tikmoq ma’nosini anglatadi. Mazmuni jihatidan xalqchil bo‘lgan va qimmatbaho
matodan tayyorlanadigan zardo‘zi kiyimlar mahalliy aholining turli tabaqalari
o‘rtasida keng tarqalgan ipak ip bilan kashta tikishga qaraganda nozik didni talab
qilgan. Bu kiyim-kechaklar asosan amir saroyidagilarning ehtiyoji uchun tikilgan,
ba’zangina shahardagi boy a’yonlar uchun tayyorlaganlar[1].
Ota-bobosidan meros bo‘lgan kashtachilik kasbi bilan shug’ullangan yuzlab
qo‘li gul ustalar Buxoro amirining hashamatli saroyidagi qimmatbaho zardo‘zi
kiyimlarni tayyorlash bilan band edilar. Buxoro zardo‘zi ash’yolarining deyarli
hammasi amir saroyining ehtiyoji uchun ishlatilardi, faqat juda oz miqdorigina sotish
uchun bozorga chiqarilardi.
##submission.citations##
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Agzamova G.A. So’nggi o’rta asrlar O’rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va
savdo. – T.: O’zbekiston,2000. -B.17.
Almardonova B., Muhiddinov M. O’zbekiston zargarlik san’ati// Moziydan sado. -
-№4. -B.46-48.
. Almeeva D.E. Buxoro zargarlik san’ati // Buxoro madaniy me’rosi tarixidan. –
Buxoro. -1995.-№ 3. -B.75-76.
Ashirov A. O’zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari, -T.: “A.Navoiy”,
-B.180.
Goncharova P.A. Buxoro zardo’zlik san’ati. -T.: Toshkent,1986.