USMON NOSIR HAQIDAGI DRAMATIK ASARLAR
##article.abstract##
Akademik N.Karimov juda to‘g‘ri gapni aytganlar. Chunki aynan Usmon
Nosirga bag‘ishlangan boshqa dramalarda ham tergovchilar xuddi shunday qora
bo‘yoqda tasvirlagan.
Hayotda yomon insonlarga qaraganda yaxshi insonlar ko‘p. Buni ushbu asardagi
tergovchi yonidagi yigit, tergovchining yordamchisi obrazi orqali namoyon bo‘lsa,
Javlon Jovliyev dramasida Sasha obrazida, To‘ra Mirzoning dramasida esa Lyudmila
obrazlari orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular ham Iqbol Mirzoning tragediyasida
tergovchi yordamchisi Usmon Nosirdan xat olib uni onasiga yetkazib turadi. Javlon
Jovliyev dramasida Sasha “Bir shoirning qotili bo‘lib butun tarixda yuzim qora
bo‘lgandan ko‘ra, bir hayvonni yo‘q qilib qamalganim yaxshi” deb Usmon Nosirni
otishning o‘rniga hamkasbi Vaniyani otib o‘ldiradi.To‘ra Mirzo dramasida Lyudmila
Usmon Nosirga issiq kulcha beradi. Tragediyada Usmon Nosirning bolaligidan to
yigirma besh yoshgagacha bo‘lgan hayoti yoritiladi. Usmonning maktabga borishi,
birinchi she’rini sinfdoshlariga o‘qib berishi, ustozlari haqida fikrlari hayotdagidek
tasvirlaydi. Tergovchi va Usmon Nosir o‘rtasida savol javob bo‘lar ekan, uning
savollariga javob qaytarish asnosida o‘tgan qisqa hayoti ko‘z oldida gavdalanadi.
Dramalarning barchasida shoirning she’rlaridan unumli foydalanganlar.
Nodira Rashidova dramasida Usmon Nosir she’rlari xalq orasida tez tarqalishi,
el orasida sevib o‘qilishi shuningdek, yozgan she’rlari tezda mashhur bo‘lib ketishi aks
ettirilgan va ishonarli chiqqan.
##submission.citations##
Foydalanilgan adabiyotlar:
Jumayeva Dilnoza. Usmon Nosir yodi. Ученый XXI века.ISSN 2410-3586. 2023.
№ 1 (92)
Urinov Odilbek Laziz o‘g‘li. Usmon Nosir: shaxs, shoir va tuzum
NEWINNOVATIONS IN NATIONAL EDUCATION (NINE)
www.xurshiddavron kutubxonasi