USMON NOSIR HAQIDAGI DRAMATIK ASARLAR

Mualliflar

  • GULCHIROY TURDALIYEVA ANVARJON QIZI ##default.groups.name.author##

Abstrak

Akademik  N.Karimov  juda  to‘g‘ri  gapni  aytganlar.  Chunki  aynan  Usmon 
Nosirga  bag‘ishlangan  boshqa  dramalarda  ham  tergovchilar  xuddi  shunday  qora 
bo‘yoqda tasvirlagan. 
Hayotda yomon insonlarga qaraganda yaxshi insonlar ko‘p. Buni ushbu asardagi 
tergovchi  yonidagi  yigit,  tergovchining  yordamchisi  obrazi  orqali  namoyon  bo‘lsa, 
Javlon Jovliyev dramasida Sasha obrazida, To‘ra Mirzoning  dramasida esa Lyudmila 
obrazlari  orqali  yaqqol  namoyon  bo‘ladi.  Ular  ham  Iqbol  Mirzoning  tragediyasida 
tergovchi yordamchisi Usmon Nosirdan xat olib uni onasiga yetkazib turadi. Javlon 
Jovliyev  dramasida  Sasha  “Bir  shoirning  qotili  bo‘lib  butun  tarixda  yuzim  qora 
bo‘lgandan ko‘ra, bir hayvonni yo‘q qilib qamalganim yaxshi” deb Usmon Nosirni 
otishning o‘rniga hamkasbi Vaniyani otib o‘ldiradi.To‘ra Mirzo dramasida Lyudmila 
Usmon  Nosirga  issiq  kulcha  beradi.  Tragediyada  Usmon  Nosirning  bolaligidan  to 
yigirma  besh  yoshgagacha  bo‘lgan  hayoti  yoritiladi.  Usmonning  maktabga  borishi, 
birinchi  she’rini  sinfdoshlariga  o‘qib  berishi,  ustozlari  haqida  fikrlari  hayotdagidek 
tasvirlaydi.  Tergovchi  va  Usmon  Nosir  o‘rtasida  savol  javob  bo‘lar  ekan,  uning 
savollariga  javob  qaytarish  asnosida  o‘tgan  qisqa  hayoti  ko‘z  oldida  gavdalanadi. 
Dramalarning barchasida shoirning she’rlaridan unumli foydalanganlar. 
 Nodira Rashidova dramasida Usmon Nosir she’rlari xalq orasida tez tarqalishi, 
el orasida sevib o‘qilishi shuningdek, yozgan she’rlari tezda mashhur bo‘lib ketishi aks 
ettirilgan va ishonarli chiqqan.  

##submission.citations##

Foydalanilgan adabiyotlar:

Jumayeva Dilnoza. Usmon Nosir yodi. Ученый XXI века.ISSN 2410-3586. 2023.

№ 1 (92)

Urinov Odilbek Laziz o‘g‘li. Usmon Nosir: shaxs, shoir va tuzum

NEWINNOVATIONS IN NATIONAL EDUCATION (NINE)

www.xurshiddavron kutubxonasi

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2024-10-08

##submission.howToCite##

GULCHIROY TURDALIYEVA ANVARJON QIZI. (2024). USMON NOSIR HAQIDAGI DRAMATIK ASARLAR . TADQIQOTLAR, 47(3), 168-170. https://ilmiyxabarlar.uz/tad/article/view/1952

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari