BUXORO VOHASI AHOLISINING MILLIY LIBOSLARI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR (XX ASR MISOLIDA)

Авторы

  • G‘iyosova Zarina Yusuf qizi Автор

Аннотация

ANNOTATSIYA 
Ushbu  maqoladan  maqsad  mustaqillik  yillarida  Buxoro  vohasi  aholisining 
an’anaviy oilaviy marosimlari va ulardagi o‘zgarishlarni tarixiy adabiyotlar va dala 
etnografik  materiallari  asosida  ochib  berishdir.  Maqolada  Buxoro  vohasi  aholisi 
oilaviy marosimlari tarixini o‘rganish, voha aholisi o‘rtasida farzand tug‘ilishi bilan 
bog‘liq  urf-  odatlarni  etnografik  ma’lumotlar  asosida  tahlil  qilish,  marosimlardagi 
transformatsion jarayonlarni tahlil qilish vazifa qilib belgilandi. Maqolaning amaliy 
ahamiyati  shundaki,  o‘zbek  xalqi  oilaviy  an’ana  va  marosimlarini  o‘tkazilishini 
tartibga  solish,  an’ana  va  urf-odatlarni  o‘ziga  xosligini  saqlab  qolish,  kelajak 
avlodlarga  yetkazish  hamda  unga  oid  bilimlarni  takomillashtirishga  xizmat  qiladi. 
Qadimgi ko‘ylak namunalari hozirgacha, asosan, qariyalar va yosh bolalar kiyimida 
saqlangan.  Buxoro  vohasi  ayollari  rangdor,  bezakli  liboslarni  xush  ko‘rishgan. 
Ko‘ylaklarni ustma- ust kiyish odati ham bo‘lganki, bu insonning ijtimoiy ahvolini 
belgilagan, ya‘ni qancha ko‘p ko‘ylak kiysa, ijtimoiy ahvoli shunchalik yaxshi deb 
hisoblashgan. Buxoro vohasi aholisining liboslarida bosh kiyim alohida ahamiyatga 
ega bo‘lgan. Do‘ppilar, ro‘mollarning turli xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular bugungi 
kunga  qadar  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan.  Misol  tariqasida,  birinchi  farzandini 
dunyoga  keltirgan  kelinchaklar  uchun  maxsus  marosim  o‘tkazilib,  salla  va  ro‘mol 
o‘ralgan, kultapo‘shak kiydirilgan. Ushbu maqolada kiyimlar bilan bog‘liq qarashlar 
yoritilib, bugungi kunda ularning ahamiyati o‘rganilgan. Buxoro xalqi zardo‘zi bezakli 
liboslar kiyishni xush ko‘rgan. Hattoki, bu ish bilan shug‘ullanuvchi zardo‘zlar alohida 
obro‘ga ega bo‘lib, zardo‘zlik saroy san‘ati darajasiga ko‘tarilgan. 

Библиографические ссылки

Foydalanilgan adabiyotlar

Mahmud Sattor. ”O‘zbek udumlari”. - Toshkent, 1993 y/

H.H.Kamilova, U.S.Raxmatullayeva, U.T.Muminova. ”XIX-XX asr boshlarida

o‘zbek milliy kostyumi” uslubiy ko‘rsatma. - Toshkent 2017 y.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Ishlari Vazirligi Buxoro Davlat Me’moriy-

badiiy muzey- qo‘riqxonasi. - Toshkent 2004 y.

P.A.Goncharova. ”Buxoro zardo‘zlik san’ati”. - Toshkent 1986 y.

O.A.Suxareva, R.G.Mukminova. ”Kostyum narodov Sredney Azii”. - ”Nauka”

g.

S.Xasanova, S.Saidxonova .”To’n”.Fan va turmush jurnali.1995 y.N -3.B-27.

Опубликован

2024-10-04

Как цитировать

G‘iyosova Zarina Yusuf qizi. (2024). BUXORO VOHASI AHOLISINING MILLIY LIBOSLARI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR (XX ASR MISOLIDA) . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 30(2), 80-85. https://ilmiyxabarlar.uz/talim/article/view/1832