BUXORO VOHASI AHOLISINING MILLIY LIBOSLARI VA ULAR BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR (XX ASR MISOLIDA)
Abstrak
ANNOTATSIYA
Ushbu maqoladan maqsad mustaqillik yillarida Buxoro vohasi aholisining
an’anaviy oilaviy marosimlari va ulardagi o‘zgarishlarni tarixiy adabiyotlar va dala
etnografik materiallari asosida ochib berishdir. Maqolada Buxoro vohasi aholisi
oilaviy marosimlari tarixini o‘rganish, voha aholisi o‘rtasida farzand tug‘ilishi bilan
bog‘liq urf- odatlarni etnografik ma’lumotlar asosida tahlil qilish, marosimlardagi
transformatsion jarayonlarni tahlil qilish vazifa qilib belgilandi. Maqolaning amaliy
ahamiyati shundaki, o‘zbek xalqi oilaviy an’ana va marosimlarini o‘tkazilishini
tartibga solish, an’ana va urf-odatlarni o‘ziga xosligini saqlab qolish, kelajak
avlodlarga yetkazish hamda unga oid bilimlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Qadimgi ko‘ylak namunalari hozirgacha, asosan, qariyalar va yosh bolalar kiyimida
saqlangan. Buxoro vohasi ayollari rangdor, bezakli liboslarni xush ko‘rishgan.
Ko‘ylaklarni ustma- ust kiyish odati ham bo‘lganki, bu insonning ijtimoiy ahvolini
belgilagan, ya‘ni qancha ko‘p ko‘ylak kiysa, ijtimoiy ahvoli shunchalik yaxshi deb
hisoblashgan. Buxoro vohasi aholisining liboslarida bosh kiyim alohida ahamiyatga
ega bo‘lgan. Do‘ppilar, ro‘mollarning turli xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular bugungi
kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Misol tariqasida, birinchi farzandini
dunyoga keltirgan kelinchaklar uchun maxsus marosim o‘tkazilib, salla va ro‘mol
o‘ralgan, kultapo‘shak kiydirilgan. Ushbu maqolada kiyimlar bilan bog‘liq qarashlar
yoritilib, bugungi kunda ularning ahamiyati o‘rganilgan. Buxoro xalqi zardo‘zi bezakli
liboslar kiyishni xush ko‘rgan. Hattoki, bu ish bilan shug‘ullanuvchi zardo‘zlar alohida
obro‘ga ega bo‘lib, zardo‘zlik saroy san‘ati darajasiga ko‘tarilgan.
##submission.citations##
Foydalanilgan adabiyotlar
Mahmud Sattor. ”O‘zbek udumlari”. - Toshkent, 1993 y/
H.H.Kamilova, U.S.Raxmatullayeva, U.T.Muminova. ”XIX-XX asr boshlarida
o‘zbek milliy kostyumi” uslubiy ko‘rsatma. - Toshkent 2017 y.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Ishlari Vazirligi Buxoro Davlat Me’moriy-
badiiy muzey- qo‘riqxonasi. - Toshkent 2004 y.
P.A.Goncharova. ”Buxoro zardo‘zlik san’ati”. - Toshkent 1986 y.
O.A.Suxareva, R.G.Mukminova. ”Kostyum narodov Sredney Azii”. - ”Nauka”
g.
S.Xasanova, S.Saidxonova .”To’n”.Fan va turmush jurnali.1995 y.N -3.B-27.